Samarqand — O‘zbekistonning madaniy poytaxti.
Unga yil davomida dunyoning turli burchaklaridan ikki milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi.

Biroq Samarqand nafaqat o‘zining tarixiy diqqatga sazovor joylari, balki turli xil noyob suvenirlar bilan ham mashhur.

Quritilgan mevalar — Samarqand bozorlaridagi quritilgan mevalar assortimenti qanchalik boy ekanini ko‘rib, juda hayron qolasiz. Bu nafaqat mazali, balki foydali yegulik hamdir. Mayiz va turshak kabi ko‘plab quritilgan mevalar antioksidantlarga boy bo‘lib, ular erkin radikallarga qarshi kurashishga va organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga yordam beradi hamda intensiv mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanishga ko‘maklashadi.

Maslahat: Eng mazali quritilgan mevalar — tashqi ko‘rinishi unchalik ko‘rkam bo‘lmaganlaridir.

Keramika va yog‘ochdan tayyorlangan suvenirlar — shahar bozorlarida murakkab va yorqin naqshlar bilan bezatilgan kosalar, laganlar, piyolalar, tarelkalar va stakanlarni topishingiz mumkin. Shuningdek, loydan yasalgan kulgili odamchalar — xalq orasida «babaychiklar» deb ataladigan haykalchalarni ham xarid qilishingiz mumkin. Samarqandning yana bir mashhur suveniri — murakkab, ko‘p qatlamli naqshlarga ega buyumlardir. Yog‘ochdan o‘yib ishlangan nard yoki shaxmat, shuningdek, o‘zbek milliy naqshlari bilan bezatilgan o‘zbek musiqa asboblarini ham topish mumkin.

Milliy liboslar — albatta, chopon va o‘ziga xos do‘ppilarsiz bo‘lmaydi. Eng e’tiborga moliklari — naqshinkor paxta matosi va atlasdan tikilgan yorqin va rang-barang tunikalardir. Ularni kundalik hayotda kiyishga hamma ham jur’at eta olmaydi, ammo O‘zbekistonda ularni hanuzgacha turli avlod vakillari kiyib yurishadi.