Challenge Samarkand poygasida qatnashish uchun 10 ta sabab

Challenge Samarkand poygasida qatnashish uchun 10 ta sabab

  1. Samarqand palovining, issiq somsalar va tandirdan yangi uzilgan issiq nonning ta’midan bahramand bo‘ling.
  2. YUNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgan milliy diqqatga sazovor joylari mavjud qadimiy shaharga tashrif buyurib, vaqt bo‘ylab sayohat qiling.
  3. Dunyodagi eng mazali anorlardan tatib ko‘ring.
  4. Dunyodagi eng nafis va sifatli ipaklarni xarid qiling.
  5. Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab velosiped yo‘nalishida poygalashing.
  6. An’anaviy Sharq musiqalaridan bahramand bo‘lib, yugurish yo‘nalishini bosib o‘ting.
  7. Yaqinlaringiz uchun Samarqanddan an’anaviy o‘zbek zargarlik buyumlari va xon-atlas kiyimlarini olib keling.
  8. Qumtepalar bo‘ylab tuyada sayr qiling.
  9. Sharqona bozorlarga tashrif buyurib, an’anaviy shirinliklar va yeguliklarni xarid qiling.
  10. Ajoyib sahro va baland tog‘ manzaralaridan zavqlaning.